Viloyat rahbari kelgusi besh yilda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan dasturlar toʻgʻrisida atroflicha toʻxtaldi.

Uning taʼkidlashicha, viloyatda 2022-2026-yillarda yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, 200 ming gektar oborotdan chiqqan yerlar foydalanishga qaytariladi.

Aholi xonadonlaridagi jami 5 ming gektar maydonda issiqxonalar quriladi hamda 15 ming gektar qishloq xoʻjaligi yerlari aholiga ijaraga beriladi. Natijada 1 gektar yerdan olinadigan daromad 7 ming dollarga yetadi (2 barobarga oshadi).

2022-2026-yillar davomida qoʻshimcha 3,5 ming gektar maydonda sabzovot yetishtirish, 1000 gektar intensiv bogʻ, 4000 gektar intensiv uzumzorlar tashkil etilib, 3500 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Umumiy qiymati 3 trln.soʻmlik 10 ta meva-sabzavotchilik loyihalari amalga oshirilib, 500 nafar aholi bandligi taʼminlanadi, deyiladi murojaatida.