Buxoroda hududiy investitsiya dasturiga asosan 944 ta loyiha amalga oshirilib, 28 ming 368 ta yangi ish oʻrni yaratiladi

    Investitsiyalar 14 Noyabr 2020 411

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, 2020-2021-yillarda komleks rivojlantirish hududiy investitsiya dasturiga asosan umumiy qiymati 15,8 trillion soʻmlik jami 944 ta loyihalarni amalga oshirish va 28 ming 368 ta yangi ish oʻrni tashkil etish belgilangan.

    Joriy yilda 6,6 trillion soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilishi va 597 ta loyiha ishga tushirishi hisobiga 14 ming 990 ta yangi ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Bugungi kunda dastur doirasidagi 442 ta loyihaga 1,6 trillion soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan. 358 ta loyiha ishga tushirilgan va 3 ming 631 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. 2020-yil yakuniga qadar 5 trillion 220,1 milliard soʻmlik 246 ta loyiha ishga tushirilishi kerak.

    Yigʻilishda byudjetga belgilangan prognoz koʻrsatkichlari ijrosi koʻrib chiqildi. Taʼkidlanishicha, byudjet daromadlariga 4-chorakda jami 615,6 milliard soʻm tushumni taʼminlash lozim. Oktyabr oyi uchun byudjet daromadlariga belgilangan 165 milliard soʻm prognoz reja ijrosi 200 milliard soʻm yoki 121 foizga bajarilgan.

    Biroq oktyabr oyi uchun belgilangan kontingent prognoz reja ijrosi Olot tumanida taʼminlanmagan. Oʻz navbatida mahalliy byudjetga belgilangan prognoz reja Qorakoʻl, Olot va Vobkent tumanlarida bajarilmay qolgan.

    Viloyatda 14 ta sanoat korxonalari 343 milliard soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini pasaytirgan.

    6 ta tarmoq korxonalari ishlab chiqarishni 256,4 milliard soʻmga va 8 ta hududiy korxonalar 87 milliard soʻmga kamaytirgan.

    Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan kechikayotgan loyihalarni qisqa muddatda moliyalashtirish zarurligini uqtirdi. Manzilli dasturlar doirasida istiqbolsiz deb topilgan va amalga oshirmaslik xavfi mavjud boʻlgan loyihalarni qiymati mazkur loyihalardan kam boʻlmagan loyihalarga almashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi.