Nodir Devonbegi majmuasida tashkil etilgan yarmarka va forum mamlakatimizda mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb etish, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qoʻllab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni isteʼmolchilarga tanitishni maqsad qilgan.
Unda Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti va Vatel qoʻshma bakalavriat dasturi professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida viloyatdagi hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi, ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida B2B (tadbirkor bilan tadbirkor) va B2 (tadbirkor bilan mijoz) mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkillashtirilib, tajriba almashinuvi yoʻlga qoʻyildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.