10 ga yaqin xorijiy delegatlar ishtirok etgan mazkur tadbirda mahalliy va xorijiy mutaxassislar talaba-yoshlarning yuqori salohiyatli ilmiy ishlanmalari, startap loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ikki kun davom etgan mazkur forumda yurtimizning qator viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar, shuningdek, xorijdagi talabalar (onlayn tarzda) hamda soha ekspertlari oʻz startap loyihalari va ilmiy ishlanmalari bilan qatnashdi. Ishtirokchilar MICE (biznes)turizm, Ekoturizm, Turizm va innovatsiyalar va Tibbiyot turizmi yoʻnalishida oʻz startap loyihalarini namoyish etdi. Sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan namoyish etilgan taqdimotlar turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishga koʻmaklashish maqsadlariga qaratilgan.
II Xalqaro yoshlar turizm forumi yakunlariga koʻra, quyida eng yaxshi loyihalar saralab olindi:
- MICE turizm boʻyicha eng kreativ gʻoya Samarqanddagi Ipak yoʻli Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti;
- Ekoturizm boʻyicha eng yaxshi taqdimot: Buxoro davlat universiteti hamda Samarqand Ipak yoʻli Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti;
- Turizm va innovatsiyalar yoʻnalishidagi eng yaxshi gʻoya: Buxoro tibbiyot instituti talabasi Muhammad Annas, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Samarqand Ipak yoʻli Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti;
- Tibbiyot turizmi yoʻnalishidagi eng yaxshi startap loyiha: Buxoro tibbiyot instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
- Eng kreativ gʻoya yoʻnalishida: Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi va buxorolik Jamshid Hojiyev gʻolib boʻldi.
Shu kunning oʻzida Buxoro turizm elchilari saylandi hamda ularga “Buxoro turizm elchisi” koʻkrak nishoni taqdim etildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.