Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, aerologik sharga oʻrnatilgan meteozond atmosferaning turli balandliklariga koʻtarilish jarayonida havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol tezligi hamda yoʻnalishini real vaqt rejimida oʻlchaydi va maʼlumotlarni yerdagi qabul stansiyasiga uzatadi.

Olingan maʼlumotlar mutaxassislarga atmosferaning turli balandliklardagi holatini tahlil qilish va sinoptik tahlillarda foydalanish imkonini beradi.

Aerologik kuzatuvlarning yoʻlga qoʻyilishi ob-havo prognozlarini aniqlashtirish, xavfli gidrometeorologik hodisalarni oldindan aniqlash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shuningdek, atmosferaning yuqori qatlamlari haqidagi aniq maʼlumotlar aviatsiya, qishloq xoʻjaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini meteorologik axborot bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Buxoroda aerologik sharning ilk bor muvaffaqiyatli uchirilishi Oʻzbekistonda gidrometeorologik kuzatuvlar tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Yangi texnologiyadan foydalanish orqali atmosferada kechayotgan jarayonlar haqida yanada kengroq maʼlumot olish va tezkor meteorologik axborot bazasini shakllantirish imkoniyati oshadi.