O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori “Yo'l xaritasi”ga binoan «Uchinchi Renessans — yoshlar nigohida» mavzusida, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar o'rtasida tanlovlar tashkil etish ko'zda tutilgan.

Bu boradagi amaliy sa'y-harakat yurtimizda katta uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi. Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida  O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, O'zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Turizm va sport, Tashqi ishlar hamda Madaniyat vazirliklari, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik” tanlovi ham shular jumlasidan.

Diniy idoralar ulamolari, soha mutasaddilari, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari professor o'qituvchilari va talabalar, san'atshunoslar, xattotlar va naqqoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan ma'rifiy tadbirda “Uchinchi Renessans – YAngi O'zbekiston” ilmiy kontseptsiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarimizga etkazish, hattotlik, muqovasozlik, naqqoshlik, miniatyura san'atini yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish, ajdodlardan qolgan boy ilmiy merosni avlodlarga etkazib berishda ustoz-shogird an'analarini davom ettirish xususida so'z bordi.

Ilmiy-ma'rifiy va madaniy tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqalar  so'zga chiqib hay'at va barcha ishtirokchilarni samimiy qutlab ularning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar. 

YOsh iqtidor egalari qiziqish bildirgan tanlov xattotlik, naqqoshlik va miniatyura san'ati yo'nalishlarida tashkil qilingan bo'lib, uning avvalida muqaddas dargohga tashrif buyurganlar nodir qo'lyozma asarlar, xattotlik, naqqoshlik va miniatyura san'atiga doir namunalardan bahramand bo'ldilar. Muqaddas kitobdan tabarruk kalimalarni o'z qo'llari bilan qog'ozga tushirdilar. Naqqoshlik yo'nalishida ishtirokchilar erkin ijod qilishdi. Miniatyura yo'nalishida esa qatnashuvchilar bir soat vaqt mobaynida hazrat Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari syujetlari asosida miniatyura namunalariga sayqal berdilar. 

Ma'rifiy tadbir doirasida muqovasozlik bo'yicha mahorat darslari ham tashkil qilindi. Mohir muqovasozlar SHuhrat Po'latov, G'ulomjon Xolboevlar tomonidan o'tkazilgan mahorat darslari qatnashchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

Tanlov holiblari tashkilotchilar tomonidan sertifikat, pul mukofoti va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.