Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. fuqaro A.X.dan 3 000 AQSH dollarini olgani aniqlandi.
Muhandis fuqaroning ishonchiga kirib, tumandagi “Boʻzachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyekti binosini Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazib, foydalanishi uchun ruxsatnoma olib berishni vaʼda qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.