Buxoroda “Lasetti” 2 nafar piyodani urib ketdi

    Shu yilning 2-oktyabr kuni Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan ikki nafar piyodani urib yubordi.

    Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Eski-qalʼa” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-76-sonli avtomobil yoʻlning 1-km.da O.M. boshqaruvida boʻlgan “Lasetti” rusumli avtomobil Qorakoʻl tumani markazidan Avtoboshbekat tomon harakatlanib borayotgan vaqtida 15-sonli IDUM toʻgʻrisida joylashgan tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan oʻziga nisbatan oʻngdan chapga oʻtayotgan, ikki nafar piyodani urub yuborishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.

    Hodisa oqibatida bir nafar piyoda olgan tan jarohatlari tufayli Qorakoʻl tuman kasalxonasida vafot etgan. Ikkinchi piyoda hozirgi kunda kasalxonada davolanmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, haydovchiga nisbatan shu kunning oʻzida holat yuzasidan Oʻz. Res. JK. ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda haydovchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.