Buxoroda mehmon sharafiga konsert namoyish etildi

    Buxoro shahridagi Nodir Devon Begi hamda Sarrafon tarixiy obidalarida jamoa ansambllari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilib, mehmonimiz sharafiga konsert dasturi namoyish etildi.

    Buxoro viloyatida safarda boʻlib turgan Turkiya davlatining “Anqara” madaniyat va sanʼat klubi rahbari Metin Oʻzaslanbey avvalo sharif shaharning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolarini ziyorat qildi.

    Shundan soʻng, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat boʻlimi ansambllari faoliyati bilan qiziqdi.

    Metin Oʻzaslanbey buxorocha ijro, nola va mahorat ufurib turgan ansambllar repertuari bilan tanishish asnosida, kelajakda turkiy tilli xalqlar madaniyati va sanʼatini keng targʻib qilish borasida hamkorlikda yangi loyihalar, konsertlar hamda turli madaniy tadbirlar oʻtkazish rejalarini belgilab oldi.

    Safar yakunida, Buxoro shahridagi Nodir Devon Begi hamda Sarrafon tarixiy obidalarida jamoa ansambllari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilib, mehmonimiz sharafiga konsert dasturi namoyish etildi.