Qorovulbozor tumanidagi “Hadicha” tabiiy ko‘lida o‘tkazilgan reydi davomida fuqarolar J.R, B.R va I.U. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz, taqiqlangan vosita (to‘r) yordamida 47 dona zog‘ora, 71 dona Orol chavoq balig‘i, jami 118 dona baliq ovlanganligi aniqlandi.

Ushbu noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 126 million 72 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Tezkor tadbir davomida noqonuniy ovda foydalanilgan rezina qayiq, baliq ovlash to‘rlari va boshqa ovchilik anjomlari, shuningdek ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.