2024-yil 20-sentyabr kuni Buxoro viloyatning Kogon tuman sudida avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi oʻqildi.
Sud ishi maʼlumotlariga koʻra, avtohalokat natijasida voqea joyida bir nafar va shifoxonada yana bir nafar maktab oʻquvchisi vafot etgan, bundan tashqari oʻndan ortiq bola tan jarohati olgan.
Sud hukmiga koʻra, 33 yoshli sudlanuvchi Otabek Sharopov Jinoyat kodeksi 266-moddasining (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga shu modda bilan 3-yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi va 9-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, hukm qonuniy kuchga kirgach haydovchi avtobusi bilan toʻqnashgan yuk mashinasiga yetkazilgan 61,4 mln soʻmlik moddiy zararni qoplashi va 2 nafar oʻquvchiga kelgusidagi davolanish xarajatlari uchun oʻn million soʻm miqdordan pul mablagʻlari berishi kerakligi belgilandi.