Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari doirasidagi belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida, 2021-yil 29-mart kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Murotjon Azimov, “Qishloqqurilishbank” boshqaruvi raisi Alisher Muratov, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Atabek Nazirovlar ishtirok etdi. Yoshlar esa koʻtarinki ruh, kayfiyat bilan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

– Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularga keng imkoniyatlar yaratilishida biz rahbarlar ularga koʻmak va dalda boʻlishimiz zarurdir, dedi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A.Nazirov.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, farzandlari kelajagini oʻylagan yurtning ertangi kuni albatta farovon boʻladi.
Kapital bozorini rivojlantirish
agentligi matbuot xizmati