Oʻz navbatida, Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida zamonaviy va yorugʻ oʻquv xonalar tashkil etilishi barobarida zamonaviy oʻquv-amaliy laboratoriyasi ochildi. Laboratoriya barcha zarur asbob va jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan.
Oʻquv muassasasida HTB filiali uchun 4-qavat binosi rekonstruksiya qilindi. Fizika, matematika, rus tili kabinetlari, mustaqil taʼlim xonasi, oʻqituvchi va metodistlar xonasi toʻldirildi.
Barcha oʻquv xonalari va kabinetlar zamonaviy partalar, mebel va zarur narsalar bilan jihozlangan.
Bu yerda umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va texnikumlar oʻquvchilari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bepul tayyorlov kurslari tashkil etiladi. Tinglovchilarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi.
Taʼkidlash joizki, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Rossiya Federatsiyasining tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali oʻqituvchilari jalb etilgan. Ushbu loyiha I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga oʻqishga kirishni xohlovchilar uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Maʼlumot uchun: Buxoro neft va gaz sanoati kolleji bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar oʻquvchilari kontingentidan HTBda oʻquvchilar guruhlarini shakllantirish boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlari davom ettirilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.