Buxoroda saksovullar kesilgani holati aniqlandi

    Bu haqda  viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Boshqarma xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida tuman cho‘l hududidan “Bog‘ikalon” MFY da yashovchi fuqaro B.J saksovul butalarini hech qanday ruxsatsiz kesib, olib kelayotganligi aniqlandi.

    Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 500 000 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 1 470 000 ming so‘m hisoblandi.