Saida Mirziyoyeva tungi ekoreydda ishtirok etdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Maxsus komissiya yigʻilishidan soʻng mutasaddilar bilan birgalikda ekologiyani zararlayotgan issiqxonalarni tekshirish boʻyicha tungi reydga chiqdi.

    Maxsus komissiya topshirigʻiga koʻra, ekologlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari har kecha reydlar oʻtkazib, ekologiyaga oid qonunchilikni buzayotganlarni aniqlamoqda.

    "Barchamizni tashvishga solayotgan muammoni chuqurroq oʻrganish maqsadida bugun men ham ularga hamrohlik qildim. Biz Qibray tumanidagi issiqxonalardan biriga bordik. Maʼlum boʻlishicha, bu issiqxonada kuniga 150 kilogrammga yaqin koʻmir yoqilar ekan. Tabiiyki, bu atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi.
    Tadbirkorlar oʻzining har bir harakati uchun javobgarlikni boʻyniga olishi shart. Ekologiyaga yetkazilayotgan zararni moddiy manfaat, moʻmay daromad bilan oqlab boʻlmaydi. Bunday ishlab chiqarishning iqtisodiy foydasi katta boʻlishi mumkin, lekin aholi sogʻligʻiga zarari undanda koʻproq tegadi.
    Shu bilan birga, tadbirkorlar oʻz faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishlari uchun yordam koʻrsatish zarur. Ekologiya qoʻmitasiga bir kun ichida ushbu issiqxonaga zamonaviy filtr oʻrnatish, shuningdek, tadbirkorlar uchun seminar-trening va filtrlar savdo-koʻrgazmasini tashkil etish vazifasi topshirildi– degan yigʻilishda Saida Mirziyoyeva.