Bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi “2022–2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 543-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun, gastronomik koʻchaning uzunligi 820 metr boʻlib, mavjud xizmat va savdo shoxobchalari soni 36 tani tashkil etadi, shundan 9 tasi umumiy ovqatlanish shoxobchalari hisoblanadi. Xususan, 13-dekabr kuni Bravo Lider restorani ham oʻz faoliyatini boshladi. Restoran milliy va Yevropa taomlariga ixtisoslashgan boʻlib, 200 kishiga moʻljallangan.

Loyiha ishga tushishi natijasida 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Restoranning yana bir oʻziga xosligi shundaki, halol sertifikatini olish borasida ham amaliy ishlar boshlangan.

Shuningdek, gastronomik koʻchada 22 ta doʻkon va 50 ta koʻchma savdo shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa oʻz navbatida 190 ta yangi ish oʻrni yaratilishini ham taʼminlaydi, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.