Viloyat prokuraturasi makur voqeaga aniqliq kiritdi. Unga koʼra, ayni paytda talaba shifoxonada.

Qayd etilishicha, u (Buxoro Muhandislik texnologiya institutining talabasi T.M) meʼyoridan ortiq qon bosimini tushiruvchi dori vositalarini isteʼmol qilgani sababli zaharlanib, joriy yilning 26 oktyabr kuni shifoxonaga yotqizilgan.

"Bemorga malakali tibbiy yordam koʼrsatilgan va ayni paytda u shifoxonada davolanmoqda. Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi koʼzdan kechirilgan. Institut va boshqa maʼsul shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan. Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan boʼlib, natijasiga koʼra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", – deyiladi xabarda.