Kogon tumanida yangi 3-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatining tashkil etilganligi ushbu hudud oʻquvchilari uchun Mustaqilligimizning 30 yillik toʻyi oldidan munosib tuhfa boʻldi.
Endilikda oʻquvchilar mazkur maktab-internatda xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida chuqur taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Joriy yilda internatga imtihon asosida 210 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Ularga sifatli taʼlim berishni tashkil etish maqsadida 22 nafar oliy va birinchi toifali oʻqituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilindi.
Ilgari Kogon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji sifatida foydalanilgan 540 oʻringa moʻljallangan internat binosi 3 milliard 316 million soʻm mablagʻ hisobiga mukammal taʼmirlanib, barcha shart-sharoitlar va zamonaviy koʻrinishga ega boʻldi.