U yerda shahar tarixi, tabiati va tasviriy sanʼatini aks ettiruvchi 125 ming eksponatdan iborat 6 ta ekspozitsiyani tashkil etish rejalashtirilgan. Muzey Bukhara City biznes markazi loyihasi doirasida quriladi.
U Sharqning qadimiy yodgorliklar namunasidagi gumbaz shaklida barpo etiladi. Muzey oʻziga xos meʼmoriy echimi va jihozlanishi bilan boshqa muzeylardan farqlanadi.
Muzeyda asosiy binolardan tashqari konferensiya zali, zaxira fondlari xonalari, fitobar va idoralar ham yaratiladi. Qurilish ishlari 2021-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.