Buxoroda “Yashil shahar” aksiyasi boshlandi

    Yashil sayyora 29 Oktabr 2020 5297

    Buxoro shahrini yana-da koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan “Yashil shahar” deb nom olgan keng miqyosdagi aksiya ish boshlandi.

    Bu kun koʻngillilar va landshaft sanʼati Assotsiatsiyasi mutaxassislari Arkning yon-atrofiga 3-4 yoshli daraxt koʻchatlarini ekadilar. Qalʼa atrofida hammasi boʻlib 150ta daraxt koʻchati ekiladi. Daraxtlar KNAUF kompaniyasi tomonidan xarid qilingan.

    Daraxtlar Buxoro shahri hokimiyatining tasarrufiga olinadi va obodonlashtirish Boshqarmasi xodimlari tomonidan parvarish etiladi.

    “Yashil shahar” aksiyasi doirasida koʻchatlarning shunchaki ekilishi emas, balki ularning yerga moslashishlari, yaxshi ildiz otishlari va koʻp yillar davomida salqinlik manbai boʻlib qolishlari inobatga olingan, — deb izoh berdi KNAUFning Oʻzbekistondagi korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko. — Shu bois, koʻchatlar turlarini tanlashda landshaft sanʼati Assotsiatsiyasi mutaxassislarining ishtiroki juda muhim. Ular Buxoroning shoʻr tuproqlariga yaxshi moslashgan lenkoran akatsiyasi, shumtol, chinor va pavlovniya kabi daraxtlar koʻchatlarini tanlab berdilar”.

    Ark yon-atrofidagi hududdan tashqari daraxtlar yana Qoʻsh madrasasi ansambli atrofida hamda aholisi yashovchi mavzelarda ekiladi. Aksiya 1-noyabrgacha davom etadi, deb xabar beradi Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati.