Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv doirasida oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, 2020-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan O‘.S. va 2021-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan O‘.S. larning tanasida hech qanday tan jarohati aniqlanmagan.

Shuningdek, I.M.ning oʻz bolalariga nisbatan nomaqbul harakatlarida MJtKning 47-moddasi 1-qismida (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, joriy yilning 20-iyul kuni u tegishli jarima jazosiga tortildi va farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ona sifatida roʻyxatga olindi.

Oʻz farzandlariga ziyon yetkazishini oldini olish maqsadida onaga nisbatan maxsus ijtimoiy choralar koʻriladi.