Hokimlik vakiliga tegishli boʼlgan “Nexia” avtomashinasiga boʼron vaqtida qattiq jismlarning urilishi sabab jiddiy zarar yetgan.
Tuman hokimi Vahobjon Qahhorovning aytishicha, shift hokimlik binosidan 20 metrcha naridagi yoʼl yoqasiga borib tushgan.
Kecha taxminan soat 17:00 lar atrofida hokimlik binosiga oʼz muammolarini hal qilish uchun kelayotgan odamlarning koʼz oʼngida kuchli qumboʼron sodir boʼldi. Oqibatda, binoning tom qismida vahimali koʼchish yuzaga kelib, uchib ketgan.
Аniqlanishicha, tuman hokimligi binosi oldidagi usti yopiq aholi dam olish oʼrindiqlariga ham jiddiy shikast yetgan. Yoritgichlar sinib, binoga elektr energiyasi yetkazib beruvchi barcha simlar yaroqsiz holga kelgan.
Bundan tashqari, tuman soliq idorasi binosi shifti ham qumboʼronda qoʼporilib koʼchib tushgan. Bir nechta aholi yashash uylarining shiftlari koʼchgan, koʼngilsiz oqibatlardan ehtiyotlanish uchun qator manzillarni elektr energiyasidan uzib qoʼyishga toʼgʼri kelgan.
Tabiiy ofatdan xabar topgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʼi va sektor rahbarlari zudlik bilan yetib kelgan.
Maʼlumot oʼrnida: mazkur binolarning shiftlari bundan 7-8 yil ilgari sifatli qurilish materiallaridan mustahkam oʼrnatilgan. 2019 yilda Buxoroda esgan kuchli shamolga dosh bergan.
Shuningdek, 4 noyabr kuni tuproqning quruq ustki qatlamlarini shamol koʼtargani tufayli Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda chang-qum aralash tuman yuzaga keldi. Poytaxt havosidagi chang miqdori meʼyordan 5 barobar oshib ketgan.