Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari hamda Jondor tuman inspektorlari choʻl hududida 3 nafar fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan ov qurolini otishga shay holatda olib yurgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan 3 nafar fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonmoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga 1700 000 soʻmdan jarima belgilandi.

Taʼkidlanishicha, viloyat boʻylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.