Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tuman va shahar hududlarida 2025-yilning oʻtgan 10 oyi davomida kuzgi va bahorgi mavsumlarda ekilgan koʻchatlarga yetarli parvarish koʻrsatilmagani, sugʻorish ishlarining oʻz vaqtida olib borilmagani aniqlangan. Natijada jami 82 ta huquqbuzarlik holati qayd etildi.

Ushbu qonunbuzarliklar yuzasidan masʼul mansabdor shaxslarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79 moddasi 4 qismi bilan jami 313 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.