Xalq taʼlimi vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi hamkorligida “Zamonaviy maktab” loyihasi eʼlon qilingan edi.
Mazkur loyihada Respublika miqyosida 42 ta umumtaʼlim maktabi ishtirok etib, ularda 2020-yilning yanvar oyidan to dekabr oyiga qadar taʼlim sifatini oshirish borasida olib borilgan faoliyat belgilangan parametrlar asosida baholandi.
Yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori natijalarga erishgan 8 ta umumtaʼlim maktabi tanlab olindi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Quvonchlisi, ushbu taʼlim muassasalari qatoridan Buxoro shahridagi 29- hamda Buxoro tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi ham oʻrin oldi.