Bugun, 7-yanvar kuni soat 05:20 da Gʻijduvon tumani, “Degrezon” mahallasi, Degrezon koʻchasida joylashgan savdo majmuasida yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻinni bartaraf etish uchun 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Soat 05:23 da voqea joyiga yetib borib, hudud soat 05:45 gacha qurshab olingan. Va yongʻin soat 07:50 da toʻliq bartaraf etilgan.

Ayni damda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ekspertiza vakillari hududda yongʻin oqibatlarini oʻrganmoqda.