Vaziyat joyiga chiqqan holda oʻrganildi, deya xabar beradi Madaniy meʼros agentligi axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Buxoro shahrining Haqiqat koʻchasida joylashgan “Bozori Kord” hammomining old qismidagi umumiy maydoni 16,0 kv/metrni tashkil etuvchi hujrasi auksion savdolariga chiqarilgan edi.

Mazkur auksion savdosi 2023-yilning 25-oktyabr kuni oʻtkazilgan va fuqaro Akbar Sadikov Hojiqurbonovich ushbu auksionda №DA150-992202-sonli gʻoliblik bayonnomasiga asosan yutib chiqqan. Fuqaro bilan 26-oktyabr kuni 734059/123-23-sonli uch tomonlama ijara shartnomasi tuzilgan.

“Bozori Kord” hammomidagi eshik 2017-yilda xorijiy sayyohlar uchun xorijiy valyuta ayriboshlash maqsadida hammomning gʻarbiy tomonida qoʻshimcha eshik ochish uchun tegishli ruxsatnoma olmasdan eshik ochish ishlari amalga oshirilgan. Oqibatda madaniy meros obyektiga 20 mln soʻmga yaqin zarar yetkazilgan va mazkur zarar fuqaro A.Sadikovdan toʻliq undirilgan.

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan A.Sadikov ijaraga olgan hujraning devorida fuqaro M.Rahmonova hunarmandchilik mahsulotlarini osib savdo qilib kelayotganligi sababli hunarmandchilik mahsulotlarini boshqa joyga koʻchirishni hamda fuqaro A.Sadikovni faoliyat olib borayotgan hujrasiga kirib chiqishiga toʻsqinlik qilmasligini soʻrab koʻrsatma xati berilgan.

Agentlik bu kabi holatlarga keng jamoatchilikning befarq boʻlmagani hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashga oʻz hissalarini qoʻshayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.