Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish xayrli anʼanaga aylandi. Bu avvalo xotin-qizlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan jiddiy eʼtiborning amaldagi bir koʻrinishi boʻlsa, ularda vatanga, tarixiy qadamjolarga boʻlgan muhabbatni oshirishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Jumladan, Buxoro shahrida Ayollar daftariga roʻyxatga olingan 50 nafar xotin-qizlar hamda 25 nafar faol ayollar zamonaviy avtobuslarda qadimiy Xorazm viloyati tomon sayohatga yoʻl olishdi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va shahar hokimligi, shahar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu sayohat ikki kun davom etadi.