Joriy yilning 17 -19-noyabr kunlari Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti professori, Yevropaning yetakchi kardiojarrohi, aorta anevrizma dasturi direktori MAREK ERLIX ishtirokida RSHTYOIM Buxoro filialida seminar-trening, mahorat darslari oʻtkaziladi, professional konsultatsiyalar va ochiq yurakda operatsiyalar amalga oshiriladi.
Aksiya doirasida barcha diagnostik tekshirishlar: UTT diagnostika, exoKG, dopplerografiya, eKG, veloyergometriya, sutkalik XOLTER monitoringi, koronar angiografiya va qon tahlillari bepul oʻtkaziladi.
Yana bir qulaylik: tekshirish natijasida bemorlarda kasalliklar aniqlansa, statsionarda yotib davolanish, shifo oʻrni va ovqatlanish ham bepul tarzda tashkil etiladi.
Yurakda, yurak klapanlarida, aortada va boshqa tomirlarda patologiya mavjud boʻlgan bemorlar RSHTYOIM Buxoro filialiga hozirdan murojaat qilishlari kerak boʻladi.