2022-yil dekabr oyida Jamgʻarmadan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki – test bosqichida 100 balldan 100, 2 bosqich – suhbat jarayonida 10 balli natijani qayd etdi.
Aytish joizki, 22 yillik pedagogik faoliyatga ega boʻlgan tajribali oʻqituvchi Shavkat Shodiyevning yutuqlari talaygina.
2004-2005-oʻquv yilidan buyon oʻquvchilari Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalarining viloyat va respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.
Shavkat Shadiyev 2012-yilda AQSHning Yuta universitetida malaka oshirib qaytgan. 2013-2015-yillarda viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida trener sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yilda «Eng yaxshi metodik tavsiya» tanlovi, 2021-yilda «Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati» tanlovining viloyat bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni egallagan.
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi hamkorligida tashkil etilgan «Yilning eng yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi» tanlovining viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Angliyaning Manchester shahrida malaka oshirib qaytdi.