Joriy yilda esa u SAT  imtihonida 1560 ballni qo‘lga kiritib, rekord natijani qayd etdi. 

SAT imtihoni -  “akademik baholash testi” bo‘lib, abituriyentlarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini tekshirish uchun o‘tkaziladigan xalqaro imtihon. Dunyoning eng nufuzli oliygohlarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar, albatta SAT  sertifikatiga ega bo‘lishlari shart.  

Parvizning maqsadi - TOP-5 talikka kiruvchi oliygohlarda tahsil olib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishdir. Yuksak marralarni ko‘zlayotgan bu iqtidorli va tirishqoq o‘quvchiga omad tilab qolamiz, deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bergan ma’lumotda.