Isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotini sotayotgan “tadbirkorlar” qoʻlga tushdi

    Isteʼmolga yaroqsiz 150 litr paxta yogʻining har bir litrini 25.000 soʻmdan, 3.750.000 soʻmga sotayotgan vaqtda ushlandi.

    Buxoroning Markaziy dehqon bozorida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotini sotayotgan “tadbirkorlar” qoʻlga tushdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar “Markaziy dehqon bozori”da Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan H.A. hamda Romitan tumani “Qahramon” mahallasida yashovchi, 1978-yilda tugʻilgan M.K.lar oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlib, Gʻijduvon tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasiga koʻra qoʻlbola usulda chigitdan olingan, isteʼmolga yaroqsiz 150 litr paxta yogʻining har bir litrini 25.000 soʻmdan, 3.750.000 soʻmga sotayotgan vaqtda ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan H.A. va va M.K.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 186/2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.