Tahlillarga ko'ra, ishlab chiqarish xududlarida yashovchi aholida buyrakning davolab bo'lmas kasalligi – membranoz nefropatiya ko'p uchrashligi aniqlandi. Bu kasallikni asosida immun komplekslarni bazal membranaga o'tirishi va uning qalinligini oshirishi yotadi. Membranoz nefropatiyaga dorilarga bo'lgan reaktsiya, infektsion kasalliklar, onkologik kasalliklar va autoimmun kasalliklar sabab bo'ladi deb kelinar edi.

Ishlab chiqarish hududidagi aholining kasallanish darajasi yillar davomida 13% gacha oshganligini ma'lumot bergan olimlar bu borada yana ko'plab tekshiruvlar o'tkazish kerakligini aytib o'tishdi. Ularning maqolalari Journal of the American Society of Nephrology jurnalida chop etildi.