2022–2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida bu sohani kelgusida yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Chunonchi:

- poytaxtda amalga oshirilayotgan yuqori texnologik operatsiyalar viloyat va tuman darajasida amalga oshiriladi;

- buning uchun byudjetdan 600 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, 100 mingdan ziyod bemorlarda viloyatning oʻzida yuqori texnologik operatsiyalar bajariladi.

Misol uchun, oʻtgan yili Toshkentda 229 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilgan boʻlsa, Namangan, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida bunday imkoniyatdan 30 kishi bahramand boʻldi.

Joriy yilda barcha viloyatlarda bunday operatsiyalarni oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.