Unda agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev vengriyalik rejissyor va prodyuserlar Akosh Barnoski hamda Jorj Donna bilan onlayn muloqot qilishdi.
“Buyuk Amir va Donna Mariya” filmi taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonov asari asosida yaratilmoqda. Unda buyuk Sohibqiron Amir Temurning Usmonli turklarga qarshi jangi va Donna Mariya bilan oʻzaro munosabatlari tarixiy faktlar asosida aks ettirilgan.
Videomuloqotda tarixiy kinoloyihaning byudjeti, tomoshabin auditoriyasi va syomka jarayonlari bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi. Shuningdek, film ssenariysini ingliz tiliga tarjima qilish va loyiha bilan bogʻliq keyingi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.