Bu haqda Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Tadqiqotlarga ko'ra, 100 000 ga yaqin bola har kuni kamida bitta energetik ichimlik iste'mol qiladi, bu esa ularning uyqusi, o'qishi va ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Ta'lim vaziri Bridjit Fillipsonning aytishicha, bu chora “tarixdagi eng sog'lom bolalar avlodini yaratish yo'lidagi yana bir qadam” bo'ladi.
Ota-onalar va o'qituvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlangan taqiq 40 000 bolada semirishning oldini olishi va kelajakda kasalliklarni davolash uchun o'n million funt sterlingni tejashi mumkin, deb xabar berdi report.az.







