Buyuk Britaniya Davlat vaziri bilan uchrashuv

    Xalqaro hamkorlik 27 Iyul 2021 860

    2021-yil 26-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Buyuk Britaniyaning Yevropa qoʻshnichilik va Amerika masalalari boʻyicha davlat vaziri Vendi Morton bilan videomuloqot tarzida uchrashuv oʻtkazdi.

    Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Tomonlar Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha muloqotni kengaytirish, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro qiziqish bildirdilar.

    Shu nuqtayi nazardan, Vendi Morton 2021-yil 16-iyulda Toshkentda boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasiga yuqori baho berdi.

    Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan ikki tomonlama hamkorlik va boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.