Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universitetida Buyuk Britaniyaning “Oksford Instruments” hamda “Melitek-Estoniya” kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur kompaniyalar tadqiqot uskunalari va xizmatlarining eng yirik yetkazib beruvchisi va ishlab chiqaruvchisidir.
Seminarda viloyatdagi yirik korxonalar markaziy laboratoriyalari, tadqiqot va sinov boʻlimlari mutaxassislari hamda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Unda xorijiy kompaniyalar vakillari Dr. Devid Vestmorland hamda Dr. Sergey Xaxanovlar tomonidan elektron mikroskoplar va ularga oʻrnatiladigan maxsus detektorlarning ishlatilishi boʻyicha maʼruza qilishdi.
Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Toʻlqin Nurmurodov tomonidan ilmiy laboratoriyalarda eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.