U oʻtgan oyning oxirida mamlakatimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori G.Ismailova boshchiligida ekspertlar delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari chogʻida elchixona koʻmagida Kembrij universitetida tashkil etilgan davra suhbati chogʻida bildirilgan muhim fikr-mulohazalar asosida yozilgan.

Mazkur onlayn nashr sharhlovchisi Devin Xas qalamiga mansub mazkur maqolada Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishganidan soʻng mamlakatda liberallashuv jarayonlari jadallashgani, mintaqaviy integratsiyani amalga oshirish orqali Oʻzbekistonning ichki va xalqaro siyosati tubdan oʻzgargani qayd etilar ekan, Oʻzbekiston Yevrosiyo markazida oʻzining strategik mavqeini munosib ravishda egallagani bois kun tartibida uchta asosiy tendensiya ustunlik qilishi mumkinligi alohida taʼkidlangan. Muallifning yozishicha, bu tamoyillar islohotlarni davom ettirish zarurati, xilma-xillik va mintaqaviy integratsiya hamda ekologik va ijtimoiy muammolardir, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

“Emerging Europe” qarorgohi Londonda joylashgan boʻlib, faoliyati Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Yevropa va Janubiy Kavkazning 23 mamlakatiga oid xabar-maqolalarni oʻz oʻquvchilarining eʼtiboriga havola qilishgan yoʻnaltirilgan onlayn jurnal hisoblanadi.