Unda ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlarining masʼul vakillari ham ishtirok etdi.
“Dunyo” AAning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya tomoni Oʻzbekistonning taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha strategik yondoshuvlariga yuqori baho bergani barobarida Sanderlend universiteti Navoiy davlat pedagogika instituti bilan Britaniyaning sifat andozalari asosida ingliz tilini professional darajada biladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha uzoq muddatli hamkorlikka tayyor ekanini ham maʼlum qildi.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha qator yoʻnalishlardagi kelishuvlarni amaliy jihatdan hayotga tadbiq etishni koʻzda tutadigan Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi. Sanderlend universiteti vakillari tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati Buyuk Britaniyaga taklif etilar ekan, istiqbolda mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan muzokaralar oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga safar uyushtirishga hozirlik ham bildirildi.
Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, 1901-yili tashkil topgan Sanderlend universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari boʻyicha “Times Higher Education” reytingidagi 200 oliy oʻquv yurti roʻyxatidan joy olgan.









