Rishi Sunak qirol bilan Bukingem saroyidagi audensiyadan so'ng rasman Bosh vazir bo'ldi.

Hukumatning yangi rahbari qirol bilan uchrashuvdan so'ng Dauning-stritdagi ofis oldida nutq so'zlaydi.

Yakunda Sunak Britaniya Konservativ partiyasi rahbari etib saylangan edi. Jamoalar palatasi rahbari Penni Mordont o'z nomzodini qaytarib olganidan keyin u bu lavozimga yagona da'vogarga aylangandi.

Rishi Sunak qirol Karl III tomonidan tayinlangan birinchi bosh vazir bo'ldi.