Talabning kamayishi haqidagi statistik ma'lumotni Adzuna ish qidirish platformasi taqdim etdi. Nashrning ta'kidlashicha, sun'iy intellektning keng qo'llanilishi, xodimlar sonini qisqartirish kompaniyalar faoliyati samaradorligini oshirish imkonini berdi. Shunday qilib, tajribasiz mutaxassislar uchun ish topish tobora qiyinlashib bormoqda.
Xususan, biznes-jarayonlarni optimallashtirish munosabati bilan Buyuk Britaniya va Yevropaning yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri British Telecommunications 2023-yilda 40-50 ming xodimni qisqartirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
Yaqinda Massachusets texnologiya institutining amerikalik olimlari til modellaridan foydalanish va kognitiv funksiyalarning pasayishi o'rtasidagi tashvishli aloqani aniqlashdi. Tajribada ChatGPT chatbotidan foydalangan holda insho yozgan ishtirokchilarda mustaqil ishlaganlarga qaraganda miya faolligi sezilarli darajada kamaygani aniqlandi, deb xabar beradi gazeta.ru.