Festivalning 29-martda o‘tkazilgan qismida Bobur nomidagi O‘sh davlat o‘zbek teatri vakillari hamda san’atkorilari ishtirok etdi.

Onlayn festival davomida Navro‘z bayramiga atab davra suhbatlari, Umar Xayyom she’rlari, o‘zbek milliy kuy qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari O‘zbekiston, Tojikiston va AQSh davlatlari ijod vakillari tomonidan ijro etildi.

Tadbir yakunida Xorazm musiqali drama teatri vakillari tomonidan sahnalashtirilgan «Jaloliddin Manguberdi» spektakli hamda O‘zbekistonning turizm salohiyati Angliya va AQShdagi tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirni bir vaqtning o‘zida Angliya va AQShdagi 1 500 dan ortiq tomoshabinlar onlayn kuzatdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijiy davlatlarda, jumladan Buyuk Britaniya va AQShda ham keng targ‘ib qilish, shuningdek bunda turli boshqa davlatlarda istiqomat qilayotgan «Vatandosh» diasporasi vakillarini milliyligimiz, qadim tariximiz va madaniyatimizni o‘zida aks ettiruvchi ijod namunalari bilan tanishtirishdan iboratdir, deb xabar beradi Turizma va sport vazirligi matbuot xizmati.