Lyuis Fudj 2023-yil mart oyida Xempshirdagi dehqon dalasida metall detektor yordamida tangani topdi. Kelt numizmatikasi bo'yicha mutaxassislar tangani o'rganib chiqib, uni “so'nggi o'n yillikning eng ajoyib kashfiyotlaridan biri” deb tan olishdi.

Tarixiy yilnomalarda ilgari uchramagan tangada “Esunertos” nomi muhrlangan. Mutaxassislarning aniqlashicha, u miloddan avvalgi 50-30-yillarda, Yuliy Sezarning Britaniyaga birinchi bosqinidan keyin zarb qilingan.

Miloddan avvalgi 55-yilda qo'mondon 20 ming Rim askari bilan Kent qirg'og'iga tushdi. Biroq minglab kelt jangchilari ularni kutib turishgan va rimliklar chekinishga majbur bo'lishgan.

Keyingi yili Sezar 50 ming askar bilan qaytib kelgan, mahalliy qabilalarni mag'lub etgan va Temzaga yetib kelgan, ammo uch oylik janglardan so'ng armiya Galliyadagi qo'zg'olonni bostirish uchun qaytib ketishga majbur bo'lgan.

Mutaxassislarning fikricha, “Esunertos” Xempshirda joylashgan Deynberi tog' qal'asida hukmronlik qilgan bo'lishi mumkin. Bu istehkom miloddan avvalgi VI asrda qurilgan va 500 yil davomida foydalanilgan, vaqti-vaqti bilan qayta qurilgan, deb xabar beradi mir24.tv.

Taxminlarga ko'ra, bu ism “Ezus xudosi kabi qudratli” (Keltlar afsonasidagi xudo) degan ma'noni anglatishi mumkin.

“Bir paytlar unutilgan Esunertos endi tarixiy yozuvlarda muhim o'rin egallaydi”, deb ta'kidlashdi olimlar.