Tadbirda Briston universiteti professori B.Boymers, Britaniyaning yetakchi kinorejissyorlari, ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari, vatandoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonda barcha sohalarda, jumladan, madaniyat, fan va taʼlim yo‘nalishlarida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi maʼlumot taqdim qilindi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2022 yil mamlakatimizda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb eʼlon qilingani, ushbu yilda amalga oshirilayotgan davlat dasturining mazmun-mohiyati  haqida so‘zlab berildi.

Briston universiteti professori B.Boymers o‘z taqdimotida O‘zbekiston kino sanʼati tarixi, uning sanoat tuzilmalari va kino ishlab chiqarish mexanizmlari hamda Markaziy Osiyo davlatlarida ushbu sohaning rivojlanishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Unda  Yolqin To‘ychiyev, Rashid Malikov va Zulfiqor Musoqov kabi o‘zbek kinorejissyorlari tomonidan suratga olingan badiiy filmlarning mazmun-mohiyati, yutuq va kamchiliklari  batafsil tahlil qilindi.

Tadbir qatnashchilari O‘zbekistonda sanʼat sohasiga berilayotgan katta eʼtibor, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yuqori baholadi. Ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tadbirlar madaniy aloqalarning yana-da chuqurlashishiga yordam berishini alohida qayd etildi.