Wales Online nashri ma'lumotiga ko'ra, 12 va undan katta yoshdagi barcha sayohatchilar to'liq emlangan bo'lsa-da, hukumatning yangi choralari joriy etilishi bilan koronavirusga qarshi test (PTSR) topshirishlari kerak bo'ladi.

Test Buyuk Britaniyaga ketishdan ikki kun oldin, xususiy test provayderlari yordamida amalga oshirilishi lozim. Shu bilan birga, Britaniya rasmiylari mamlakatga kelganlar uchun majburiy karantinga ehtiyoj yo'qligi haqida kelishib oldi.

“Sayohat qilish shundoq ham qo'shimcha to'lovlarsiz qimmat. Bizga Buyuk Britaniyaga kelishdan oldin sinovlar taklif qilinmoqda.  Virgin Atlantic veb-saytiga ko'ra, AQSHda testlarning har biri 200 dollar turadi. Bu holat endi biz sayohat qilishga muvaffaq bo'lmasligimizni anglatadi”, — dedi ikki farzandi bilan ta'tilni N`yu-Yorkda o'tkazishni rejalashtirgan mahalliy fuqaro Annet Mitchell.

Ayni paytda Buyuk Britaniyada yangi shtammning tasdiqlangan 336 holati mavjud. Sog'liqni saqlash vaziri Sajid Jovid omikron shtammi Angliyaning ko'plab hududlarida aholiga tarqalayotganini ma'lum qildi. Yangi shtammning tasdiqlangan barcha holatlaridan 261 tasi Angliyada, 71 tasi Shotlandiyada va 4 tasi Uel`sda kuzatilgan, Shimoliy Irlandiyada esa haligacha bu infeksiya aniqlanmadi.

Buyuk Britaniya ko'plab Afrika davlatlaridan qilinayotgan sayohatga cheklov joriy qildi va Nigeriya Qizil ro'yxatdagi 11-davlatga aylandi. Angliyada aniqlangan kamida 21 ta yangi holat Afrika mamlakatlaridan amalga oshirilgan qatnovlar bilan bog'liq.