Buyuk Britaniyadagi parlament saylovida Leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi

    Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasi parlament saylovlarida g'alaba qozonib, Jamoalar palatasida (parlament quyi palatasi) 650 o'rindan 326 tasini qo'lga kiritdi.

    Ovozlarni sanash Moskva vaqti bilan soat 9:00 gacha davom etadi. 2010-yildan beri hukmronlik qilayotgan Konservatorlar partiyasi bor-yo'g'i 71 o'ringa ega.

    Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer tez orada mamlakatni yaxshi tomonga o'zgartirishga va'da berdi.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Leyboristlar partiyasi yetakchisini g'alaba bilan tabrikladi.

    Endi Sunak o'z lavozimini tark etadi, qirollikda yangi hukumat tuziladi, deb xabar beradi gazeta.ru.