Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan U.S. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborishni vada qilgan.
Buning uchun zarur boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.