Buyuk britaniyalik 500 dan ortiq oʻqituvchilar Oʻzbekistondagi maktablarga keladi

    Ta'lim 23 May 2025 1461

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi“ jamgʻarmasi sovrindorlari bilan uchrashdi.

    Qayd etilishicha, uchrashuvda Buyuk Britaniyada taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi hamkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilib, VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.

    Unga koʻra, tomonlar yurtimizdagi umumtaʼlim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, xususan 500 nafardan ortiq Buyuk britaniyalik oʻqituvchilarning jalb qilinishiga kelishib olishdi.