Shu bilan birga, o'qituvchilar har doim ham ular bajargan vazifani Al dasturi tomonidan bajarilgan vazifadan ajrata olmaydi.
Tadqiqot doirasida 1000 nafar talaba va 500 nafar o'qituvchi bilan suhbat o'tkazildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, o'qituvchilarning 66 foizi o'quvchilar muntazam ravishda Al dasturi tomonidan yozilgan uy vazifalarini olib kelishlariga ishonchlari komil.
O'qituvchilarning 36 foizi o'quvchilar Al dasturi masalalarini ularga qaraganda yaxshiroq tushunishlariga ishonadi.
Budan tashqari, o'qituvchilarning 89 foizi insonning aql-zakovati, empatiyasi va ijodkorligi ajralmas ekanligiga, 35 foizi o'quvchilar o'z ustida ishlamasa ularning bilim diorasi tobora qisqarib ketadi, deb hisoblaydi.
Shuningdek, o'qituvchilarning 12 foizi maktab o'quvchilariga sun'iy intellektdan foydalanishni butunlay taqiqlash kerakligini ma'lum qildi.
Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma shuni ko'rsatdiki, o'qituvchilar sun'iy intellekt yordamida bajarilgan uy vazifalari ulushini baholashda unchalik yanglishmaydi.
O'quvchilarning 67 foizi ChatGPT kabi chatbotlardan, asosan, insho yozish, fizika va matematika bo'yicha vazifalarni bajarish, matnlarni tarjima qilish, she'r yozish va hokazolar uchun foydalanganliklarini tan olishdi.
Barcha uy vazifalarini Al dasturi yordamida bajaradigan talabalar 19 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, maktab o'quvchilarining atigi 38 foizi mustaqil ravishda topshiriqlarni bajarmaganlarida o'zlarini aybdor his qiladi. Talabalarning 68 foizi sun'iy intellektdan foydalanish orqali yaxshi baho olishlarini aytishdi, deb xabar beradi uzreport.news.